OMMAVIY OFERTA (FOYDALANISH SHARTLARI) Mazkur hujjat "Enwis" (keyingi o‘rinlarda – Platforma) ma’muriyati tomonidan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilovchi rasmiy ommaviy oferta hisoblanadi.
Platforma – enwis.uz manzilida joylashgan, IELTS va CEFR imtihonlariga tayyorlanish uchun mo'ljallangan dasturiy majmua. Foydalanuvchi – Platformada ro‘yxatdan o‘tgan va xizmatlardan foydalanayotgan har qanday jismoniy shaxs. Shaxsiy kabinet – Foydalanuvchining test natijalari, shaxsiy ma'lumotlari va faoliyati saqlanadigan individual bo'lim. Kontent – Platformada joylashtirilgan testlar, matnlar, audio materiallar va dasturiy kodlar.
2.1. Platforma Foydalanuvchiga ingliz tili darajasini aniqlash va imtihonlarga tayyorlanish uchun onlayn simulyatsiya testlarini taqdim etadi.
2.2. Mazkur shartnoma Foydalanuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tgan yoki xizmatlardan haqiqiy foydalanishni boshlagan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
3.1. Foydalanuvchi majburiyatlari:
3.2. Foydalanuvchi huquqlari:
3.3 Pullik xizmatlar uchun to‘lovlar Click, Payme yoki boshqa integratsiya qilingan tizimlar orqali amalga oshiriladi.
Muhim:
Raqamli kontent (testlar) taqdim etilganligi sababli, foydalanuvchi tizimga kirish huquqini olganidan keyin to‘lov qaytarilmaydi.
4.1. Platforma majburiyatlari:
4.2. Platforma huquqlari:
5.1. Pullik xizmatlar (premium testlar) narxi Platformada ko'rsatilgan. 5.2. To‘lovlar integratsiya qilingan to‘lov tizimlari (Click, Payme va h.k.) orqali amalga oshiriladi. 5.3. To'lovni qaytarish: O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining 15-moddasiga muvofiq, raqamli kontent (testlar, o'quv materiallari) taqdim etilganidan so'ng to'lov qaytarilmaydi. Chunki foydalanuvchi xizmatdan (ma'lumotdan) foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan hisoblanadi.
6.1. Platforma Foydalanuvchining haqiqiy imtihonlardagi (IELTS/CEFR) natijalari uchun javobgar emas. Platforma faqat yordamchi o‘quv qurolidir. 6.2. Platforma uchinchi tomon (internet provayder, elektr ta'minoti) aybi bilan yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas.
7.1. Platformadagi barcha materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ularni ruxsatsiz tarqatish (Telegram kanallar, guruhlar va h.k.) qat'iyan man etiladi va qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
8.1. Ma’muriyat mazkur Ofertani istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. O‘zgarishlar e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 8.2. Yuzaga kelgan barcha nizolar muzokaralar yo'li bilan, kelishuv bo'lmaganda esa O'zbekiston Respublikasi sudlari orqali hal etiladi.
Tayyorlov Platformasi
© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan.
Bog'lanish
support@enwis.uzHujjat holati